Leonardo Ikardini xarid qilish borasida: Do‘stligimiz buzilmaydi, qaror chiqarish uning o‘z qo‘lida
PSJ sport direktori Leonardo Mauro Ikardini "Inter"dan sotib olishni istayotganligi haqida tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritib o‘tdi.
Hozirda, argentinalik futbolchi PSJda ijara asosida to‘p surmoqda.
"Mauro barchasini juda yaxshi uddalamoqda. Bizda juda katta raqobat bor, bu uning o‘sishiga xizmat qiladi.
U jamoamizdagi hozirgi vaziyatni va jamoadagi o‘z kelajagini juda yaxshi tushunadi. Shunga yarasha Mauro o‘zini tayyorladi. U haqiqiy 9-raqamli o‘yinchi sifatida o‘zini ko‘rsatmoqda.
"Inter"dan uni xarid qilishmi? Do‘stlik buzilmaydi. Bizni uning o‘yinlari qoniqtirmoqda. Ammo Mauro kelajagini o‘zi hal etadi. Barchasi uning o‘z qo‘lida. Yana 5 oy vaqtimiz bor, ko‘ramiz," - dedi Leonardo.
Fikrlar