Leonardu Jardim: Ligada qolishimizga ishonaman

  • 12.05.2019 11:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Monako" klubi bosh murabbiyi Leonardu Jardim kecha Frantsiya chempionatining 36-turida “Nim”ga (1:0) imkoniyat boy berilgach o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng monakoliklar xavfli zonaga yanada yaqin kelib qolishdi. “Monako” hisobida 33 ochko bilan 17-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, ligadan tushib ketish xavfi bo‘lgan 18-o‘rinda borayotgan “Kan” hisobida ham xuddi shuncha ochko bor.

“Bizda hech qanday vahima yo‘q. Biz kurashda davom etamiz va Ligada qolishimizga ishonamiz. Keyingi turda “Amen”ga qarshi bo‘ladigan bahs biz uchun hal qiluvchi o‘yin bo‘ladi. Hali hech narsa hal bo‘lmadi. Bizda mavsumni qutqarib qolish uchun yana 2ta o‘yin bor. Bu o‘yinlar biz uchun juda qiyin bo‘ladi deb o‘ylayman”, - deydi Jardim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!