Lerron Richards: Azizbek Abdug‘ofurov bilan jangga tayyorgarlik ko‘rmoqdaman...

  • 17 oktabr, 2020, 12:14
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning super o‘rta vaznda o‘z janglarini o‘tkazadigan WBC Silver kamari sohibi Azizbek Abdug‘ofurov (13-0, 7 KO) va WBO International, Britaniya chempionlik kamari egasi Lerron Richards (13-0, 3 KO) bilan o‘zaro jang qilishi haqida habar bergan edik. Pandemiya sabab jang qoldirilgan va natijada Lerrone Richards 10 iyulda Umar Sodiq (10-2, 6 KO) bilan jang qilishi belgilangandi. Ammo ushbu jang ham bekor bo‘ldi va Umar Sodiq WBA Gold kamari egasi Fyodor Chudinovga (23-2, 16 KO) qarshi chaqiruvni qabul qilib, texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchradi.

Tecno

Lerron Richardsga tegishga kamar uchun Villi Xatchinson (13-0, 9 KO) majburiy da’vogar etib belgilangan edi. Shu bois, Lerron o‘zining Instagram sahifasida vaziyat borasidagi o‘z munosabatini bildirdi.

Mening Britaniya chempionlik kamarim uchun Villi Xatchinson majburiy da’vogar qilib qo‘yilganidan barchaning xabari bor. Bu ajoyib jang bo‘lar edi. Ammo men sentyabr oyida Frank Uorren taklifiga binoan WBC Silver kamari sohibi Azizbek Abdug‘ofurov bilan jang uchun tayyorgarlik ko‘rmoqdaman va o‘z o‘rnida jang e’lon qilinishini intizorlik bilan kutyapman. Bir yil oldin Britaniya hamdo‘stlik va WBO International kamarlarini qo‘lga kiritib, o‘z vatanimda taniqli top bokschiga aylangan edim. Endi esa, jahon darajasiga ham chiqmoqchiman va bunga imkoniyat bor. Men Britaniya kamarini qadrlayman va uni himoya qilmoqchi edim, ammo Umar Sodiq Fyodor Chudinovga qarshi jangni qabul qilganini eshitib, rejalarga o‘zgartirish kiritgandim.  Hozirda men WBC reytingida 6-o‘rinda borayotgan Azizbek Abdug‘ofurov bilan WBC Silver kamari uchun jang qilish uchun jiddiy hozirlik ko‘ryapman",- dedi Lerron Richards.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!