
"Lester" himoyachisi bilan yangi shartnoma imzoladi
"Lester Siti" himoyachi Jonni Evans bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
33 yoshli himoyachi "tulkilar" bilan shartnomasini 2023 yilgacha uzaytirdi. Evans 2018 yildan buyon "Lester" sharafini himoya qilib kelmoqda.
Ma’lumot uchun, Jonni faoliyati davomida "Manchester Yunayted", "Sanderlend" va "Vest Bromvich" klublarida harakat qilgan.
Fikrlar