"Lester" raqibni ayab o‘tirmadi, "Vest Xem" esa ochko yo‘qotdi

  • 12.12.2021 20:59
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

APL 16-turidan o‘rin olgan "Lester" - "Nyukasl" o‘yini yakuniga etdi. Mazkur bahsda maydon egalari 4:0 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Mezbonlar safida Tilemans dubl qayd etdi. Shuningdek, Daka va Meddison ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. 

Ushbu natijadan so‘ng "tulkilar" ochkolari sonini 22 taga etkazgan holda, APL turnir jadvalida 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 10 ochkosi bor "qarg‘alar" 19-pog‘onani band etgan. 



Shuningdek, paralell tarzda "Byornli" - "Vest Xem" o‘yini bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda hisob ochilgani yo‘q. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!