Levandovski, o‘rningga sendan zo‘r to‘purar keladi
“Barselona” mutasaddilari sport direktori Deku boshchiligida jamoa to‘purari Robert Levandovski o‘rnini bosa oladigan hujumchi qidirmoqda.
Transfer News Live va El Nacional kabi nufuzli manbalarning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklarga “Bavariya”da o‘ynayotgan angliyalik to‘purar Harri Keyn nomzodi ma’qul kelgan.
Deku 32 yoshli Keynni Robert Levandovskiga ideal o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. 37 yoshli polshalik o‘yinchining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunida tugaydi. Tomonlar o‘zaro kelishgan holda hamkorlikni yana bir yilga uzaytirishi mumkin.
Harri Keynning Myunxen superklubidagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yarmigacha tuzilgan. Shu bois, uni kelasi yoz arzonlashtirilgan narxda transfer qilish imkoni bor.
Ayni paytda Transfermarkt portali ekspertlari to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelayotgan Harri Keynni 75 million evroga baholayapti.
Fikrlar