
Levandovski "Barsa"dagi ilk o‘yinini "Real"ga qarshi o‘tkazishi kutilmoqda
Robert Levandovskining "Bavariya"dan "Barselona" ga ko‘chib o‘tganidan xabaringiz bor. Futbolchi tez orada klubdagi debyutini o‘tkazadi.
Robertning "ko‘k-anorranglilar" libosi ostida 24 iyul kuni "Real" Madridga qarshi o‘yinda maydonga tushishi kutilmoqda. Bu haqda "Cadena SER" nashri xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun katalon klubi "Inter Mayami" bilan o‘yin o‘tkazdi. Ushbu bahsda Robert maydon tashqarisidan o‘yinni kuzatdi. Hujumchi katta ehtimol bilan El-klasikoda debyut qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, "Barselona" Levandovski uchun "Bavariya"ga 50 million evro to‘ladi.
Fikrlar