Levandovski "Bavariya"dagi yubiley o‘yinini o‘tkazdi
"Bavariya" forvardi Robert Levandovski kecha "Borussiya"ga (3:2) qarshi o‘yinda ishtirok etdi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra, dortmundliklarga qarshi bahs 32 yoshli polshalik futbolchi uchun Myunxen klubidagi yubiley 300-o‘yin bo‘ldi. U ushbu o‘yinlarda 259 ta gol urdi.
Levandovski “Bavariya” safida 2014 yil “Borussiya” Dortmunddan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum myunxenliklar safida 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar