Levandovski “Bavariya”dan keyin qaerda o‘ynashini aytdi
“Bavariya”ning so‘nggi yillardagi eng zo‘r to‘purari Robert Levandovski hali faoliyatini yakunlamoqchi emas. Polshalik hujumchi kelajakda boshqa chempionatda ham o‘z kuchini sinab ko‘rishga tayyor ekanini yashirmadi.
- Italiyada juda ko‘p buyuk futbolchilar o‘ynagan, menga bu chempionat juda yoqadi. U erda yaxshi jamoalar ko‘p, - dedi Robert Levandovski.
Leandovski 2014 yildan beri “Bavariya” sharafini munosib himoya qilib kelmoqda va to‘purarlik bo‘yicha bir necha rekordlar sohibiga aylandi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yarmigacha davom etadi.

Fikrlar