Levandovski beshta klubdan taklif oldi. Endi nima qiladi?

  • 16.02.2026 07:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” safida eng katta maosh olayotgan Robert Levandovskining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi va hozircha, klub rahbariyati unga hamkorlikni uzaytirish taklifini bergani yo‘q.

Vaziyatdan foydalanib, turli ligalarning yetakchi klublari yozda erkin agent maqomini oladigan polshalik to‘purarni o‘z safiga chorlamoqda.

Mundo Deportivo nashrining ma'lum qilishicha, Levandovski shu kunlarda beshta klubdan taklif oldi. Italiyadan “Milan”, Ispaniyadan “Atletiko Madrid”, Turkiyadan “Fenerbahche”, AQShdan “Chikago Fayr” jamoasi tajribali o‘yinchini transfer qilmoqchi.

Xaridorlar orasida Saudiya Arabistonining nomi sir tutilayotgan badavlat klubi ham borligi aytilmoqda.

Manbaga ko‘ra, Levandovski mavsum oxirigacha kelajagi haqida qaror qabul qilmoqchi emas. U Kataloniya klubidan taklif kutmoqda va “Barselona” uni olib qoladigan bo‘lsa, maoshining sezilarli darajada pasayishiga ham rozi bo‘ladi.

Robert Levandovski 2022 yilning yozida Myunxenning “Bavariya” jamoasidan “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan edi. Shundan beri u jamoa bilan ikki marta Ispaniya chempionligini, uch marta Ispaniya Superkubogini va bir marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!