Levandovski boshqa jamoaga o‘tmoqchi

  • 15 noyabr, 2023, 12:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” to‘purari Robert Levandovski Kataloniyani tark etishi mumkin. Bu haqda Todofichajes nashri xabar tarqatdi.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, polshalik hujumchiga Saudiya Arabistoni, AQSh va Germaniya chempionatlaridan jiddiy taklif bo‘lmoqda.

Levandovskini Dortmundning “Borussiya” jamoasi o‘z safiga qaytarmoqchi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, futbolchining o‘zi ham sobiq klubiga qaytish istagini bildirgan.

Transfer mutaxassislari “Barselona” ham jamoaga katta foyda keltirayotgan o‘yinchini qo‘yib yuborishga tayyor emas.

35 yoshli forvard joriy mavsumda barcha turnirlarda 14 marta maydonga tushib, raqiblar darvozasini sakkiz marotaba ishg‘ol qilgan va to‘rtta assist qayd etgan.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!