Levandovski: "Bu baxtli mag‘lubiyat bo‘ldi"
Robert Levandovski Jahon chempionati 3-turi doirasidagi Argentinaga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat haqida gapirdi.
"Pley-offga chiqqanimizdan mamnunmiz, buni uzoq kutdik. Garchi biz juda yaxshi o‘yin ko‘rsata olmagan bo‘lsakda, bu baxtli mag‘lubiyat bo‘ldi.
Xatolarimizni ko‘rdik, raqibdan qo‘rqmaslik uchun to‘p bilan maydon markazida ko‘proq muomalada bo‘lishimiz lozim. Bu biz uchun etarli emasdi",-dedi hujumchi.
Endi polshaliklar 1/8 final bosqichida Frantsiya milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv 4 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.
Fikrlar