Levandovski: Bu jamoa “Oltin to‘p” olib beradi!

  • 13 aprel, 2022, 19:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
CHERY AUTO

Sky Sport Deutschland nashri “Bavariya” to‘purari Robert Levandovski yozda “Barselona”ga o‘tishga qaror qilganini xabar qildi.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, polshalik hujumchi Kataloniyadagi faoliyati uning “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishida muhim omil bo‘lishiga ishonmoqda.

Levandovski o‘tgan yili bu sovringa juda yaqin kelgandi. Biroq, Lionel Messi polshalik hujumchi orzu qilgan nufuzli sovrinni ettinchi marotaba qo‘lga kiritdi.

33 yoshli Levandovski joriy mavsumda barcha turnirlarda 40 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 46 ta to‘p yozdirib qo‘ydi va to‘rt marta jamoadoshlariga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!