Levandovski Messi bilan bir jamoada o‘ynashni xohlaydi
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski Lionel Messi bilan bir jamoada o‘ynashni xohlashini aytdi.
"Buning uzoq yillar davom etgan raqobatga hech qanday aloqasi yo‘q. Hozir Lionel ko‘proq pleymeyker ampluasida o‘ynamoqda. Bunda u kamroq gol urishi mumkin, lekin jamoadoshlariga ko‘plab golli uzatmalar berish qobiliyatiga ega bo‘ladi.
Yoshroq paytidagi davr bilan solishtirganda Leo umuman boshqa futbolchiga aylandi. Endi har qanday hujumchi u bilan birga o‘ynashni orzu qiladi va buni tan olish hech qanaqasiga qo‘rqinchli emas", - deya xabar berdi "Mundo Deportivo" polshalik to‘purarning so‘zlarini keltirgan holda.
Eslatib o‘tamiz, "PSJ"ning 35 yoshli argentinalik hujumchisi klub bilan yangi shartnoma imzolanishini kutmoqda. U Parijda baxtli.
Fikrlar