Levandovski o‘rniga raqib sardori keladi
“Barselona” joriy mavsum davomida jamoaning 37 yoshli to‘purari Robert Levandovskiga o‘rnini bosa oladigan o‘yinchi masalasini hal qilishi talab etiladi.
Gap shundaki, polshalik forvardning amaldagi bitimi 30 iyun uni yakunlanadi. Kataloniyaliklar u bilan hamkorlikni uzaytirmaydigan bo‘ldi. Sport direktori Deku boshchiligidagi selektsionerli turli nomzodlarni o‘rganib chiqmoqda.
Transfer News Live va Fichajes kabi nashrlarning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar Levandovskidan bo‘shaydigan joyga “Real Sosedad” sardori Mikel Oyarsabalni olib kelishni mo‘ljallayapti.
“Barselona” mutasaddilari 28 yoshli hujumchi jamoa o‘yiniga tez moslaga oladi, deb hisoblamoqda.
Mikel Oyarsabal “Real Sosedad” tarkibida jami 405 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 117 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 62 ta golli pas uzatgan.
Tajribali futbolchining Transfermarkt portalidagi bahosi 20 million evro ekani ko‘rsatilgan. Bu narx kataloniyaliklarni to‘liq qoniqtirishi mumkin.
Fikrlar