
Levandovski o‘zi uchun noqulay 2 ta himoyachi kimligini aytdi
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski faoliyati davomidagi eng noqulay himoyachilar haqida gapirdi.
"Jorjio Kellini va Serxio Ramosni aytaman. Ular jismonan kuchli va sizga jiddiy qarshilik ko‘rsatadi. Lekin ularga qarshi o‘ynash nafaqat qiyin, balki shu bilan birga qiziqarli hamdir. Ular deyarli doim yuzlarida tabassum bilan o‘ynashadi", - dedi Levandovski.
35 yoshli Ramos joriy yozgi transferlar davrida “Real”dan PSJga erkin agent sifatida tekinga ko‘chib o‘tgan edi. Ammo jarohatlar sabab bor yo‘g‘i 1 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.
37 yoshli Kellini 2005 yildan beri “Yuventus” klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.
Fikrlar