Levandovskining agenti kimlarga ishonmoqda?

  • 20.04.2022 18:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Polsha terma jamoasi va "Bavariya" klubi hujumchisi Robert Levandovskining kelajagi noaniqligicha qolmoqda. Futbolchi Germaniya chempionatini La Liga yoki Liga 1 ga almashtirishi mumkin.

Bild nashri xabariga ko‘ra, myunxenliklar shu oy hujumchining agenti Pini Zaxavi bilan uchrashmoqchi. Unda Levandovskining yangi shartnomasi bo‘yicha muzokaralarning navbatdagi bosqichini o‘tkaziladi.

Manbaning xabariga ko‘ra, tomonlar yangi kelishuv bo‘yicha kelisha olmasa, futbolchining agenti mijozining boshqa klubga o‘tishi uchun transfer narxi belgilanishini talab qiladi.

Qayd etilishicha, «Bavariya» uni kamida 40 million evroga sotishni ko‘zlamoqda. Xabar qilinishicha, futbolchining agenti "Barselona" ham, PSJ ham Levandovski uchun bu summani to‘lashga tayyor ekaniga ishonmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!