"Lids" 23 yoshli braziliyalik Rafinya bilan shartnoma imzoladi

  • 06.10.2020 09:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Uzoq yillik tanaffusdan so‘ng yana Angliya premer-ligasiga qaytgan “Lids” yozgi transferlar oynasining so‘nggi kunida yana bir yirik transferni amalga oshirdi.

APL debyutanti bu safar “Renn” vingeri Rafinya Dias bilan o‘z safini kuchaytirdi. “Lids” 23 yoshli braziliyalik futbolchi bilan 2024 yilgacha shartnoma imzolagan.

Transfermarkt saytining xabar berishicha, Rafinyaning transferi “Lids”ga 17 mln evroga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!