Liga 1. PSJ qiyinchiliksiz "Mets"ni mag‘lub etib, peshqadamga aylandi
Liga 1’ning 23-turidan o‘rin olgan bahsda PSJ o‘z maydonida "Mets"ni qabul qildi va yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, uchrashuvning 3-daqiqasidayoq Duye hisobni ochgan bo‘lsa, Barkolya birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda farqni ikkita oshirdi. 77-daqiqada esa Gonsalo Ramush ham o‘z nomini tabloga yozdirib, jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa, Luis Enrique shogirdlarining ochkolari soni 54 taga yetdi va parijliklar turnir jadvalida peshqadamga aylandi.
- Fransiya - Liga 1
- Joriy Mavsum
PSJ
- Bradley Barcola 45'
- Désiré Doué 3'
- Gonçalo Ramos 77'
Tugadi
3
:
0
22.02.2026 01:05
Fikrlar