Lioto Machida Gegard Musasini nokautga uchratmoqchi
Ushbu hafta so‘ngida "Bellator" 228 turniri bo‘lib o‘tadi. Mazkur turnir doirasida braziliyalik Lioto Machida hamda Gegard Musasi jangi bo‘lib o‘tadi. Bu o‘ziga hos revansh jangi bo‘lib, dastlabkisi 2014 yilda bo‘lib o‘tgan va unda Lioto hakamlar qaroriga ko‘ra, g‘olib chiqqan edi. Bu galgi to‘qnashuvda ham Lioto Musasini nokautga uchratishni rejalashtirmoqda.
"Men uni bir marta mag‘lub etgan edim. Endi bu ishni ikkinchi marta amalga oshirishni rejalashtirmoqdaman. Menimcha, ushbu jang ham birinchisiga o‘xshash bo‘ladi. Birinchi jangda u ko‘p vaqtini tik turib o‘tkazgan edi. Bu safar ham shunday bo‘ladi deb o‘ylayman. Yaxshi jang bo‘ladi. Juda yaxshi formadaman. Musasini nokaut qila olaman deb o‘ylayman”.



Fikrlar