Lisandro Martines: «Bizni yana bir og‘ir uchrashuv kutmoqda»

  • 11.07.2026 13:40
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentina terma jamoasi himoyachisi Lisandro Martines Jahon chempionati–2026 chorak finalida Shveytsariyaga qarshi bo‘ladigan bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

«Har bir o‘yin biz uchun og‘ir o‘tdi, ertaga ham oson bo‘lmaydi. Shveytsariya Kolumbiyadan zaif emas. Meningcha, Kolumbiyaga qarshi o‘yinda shveytsariyaliklar deyarli butun bahs davomida ustunlik qildi. Biz juda kuchli o‘yinni kutyapmiz. Unga tayyormiz», — deya Martinesning so‘zlarini keltirdi ESPN .

Eslatib o‘tamiz, 1/8 finalda Argentina Misrni 3:2 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Shveytsariya Kolumbiyani penaltilar seriyasida yutib, keyingi bosqichga yo‘l oldi (4:3).

Argentina – Shveytsariya chorak final uchrashuvi bugun, 12 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!