"Liverpool"ning yana bir futbolchisi Italiyaga ketadi
«Liverpul»ning hujumkor yarimhimoyachisi Harvi Elliot Italiya ning yetakchi klublari diqqat markaziga tushdi.
Jurnalist Pit O'Rurk ma'lumotiga ko'ra, angliyalik futbolchiga «Napoli» va «Latsio» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Har ikki jamoa ham amaldagi transfer oynasi yakunlanishidan oldin 23 yoshli yarimhimoyachini o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Transfermarkt portali Elliot t ning bozor qiymatini 20 million yevro atrofida baholagan. Uning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil o'rtalarida o'z nihoyasiga yetadi.
O'tgan mavsumda havbek «Aston Villa» tarkibida ijara asosida o'ynadi, ammo u yerda o'zini to'liq namoyish eta olmadi: jami to'qqizta o'yinda maydonga tushib, bir gol urdi, xolos.

Fikrlar