“Liverpool” PSJ hujumchisi uchun katta summada taklif tayyorlayapti
PSJning yosh vingeri Bredli Barkola atrofidagi qiziqish tobora ortayapti. Angliya nashrlarining yozishicha, futbolchiga jiddiy daʼvogarlardan biri «Liverpul» klubi bo‘lib turibdi.
Maʼlumotlarga koʻra, «qizillar» fransuz futbolchisini sotib olish boʻyicha yirik taklif tayyorlamoqda. Gap 110 million yevro miqdoridagi asosiy transfer haqi haqida ketmoqda. Bundan tashqari, shartnomada qoʻshimcha koʻrsatkichlar va natijalarga bogʻliq ravishda yana 40 million yevro miqdorida bonuslar ham nazarda tutilgan.
Yaqin kunlar ichida «Liverpul» Barkolaning oʻzigа ham rasmiy taklif yoʻllashi kutilmoqda. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, muzokaralar klublar darajasida faollashishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Bredli Barkolaning amaldagi shartnomasi PSJ bilan 2028 yil yozigacha moʻljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 90 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar