"Liverpul" - Asensio uchun kurashda favorit
Madridning "Real" klubi vingeri Marko Asensio yangi mavsumni Angliya premer-ligasida boshlashi mumkin.
TMW tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli ispaniyalik futbolchiga "Liverpul"dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Aynan mersisaydliklar Asensioga da’vogarlar orasida favorit deya e’tirof etilmoqda.
Ta’kidlash kerakki Asensio uchun shuningdek "Yuventus" va "Bavariya" klublari ham kurash olib borishmoqda.
Ma’lumot uchun, Marko Asensio joriy mavsum “Real” safida jami 33ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar