
"Liverpul" afsonasi hayratda!
"Liverpul" klubi afsonasi Maykl Ouen Sadio Mane "Bavariya"ga o‘tanidan hayratda.
"Men haligacha tushuna olmayapman. Mane nima uchun "Liverpul"ni tark etib, "Bavariya"ga o‘tdi. Shunday bo‘lsa-da, Sadio bu erda betakror o‘yin namoyish etdi. Yaxshi mavsumlar o‘tkazdi va afsona sifatida tarixga kirdi", - deya yozdi Ouen.
Ma’lumot uchun, senegallik hujumchi Mersisayd klubiga 2016 yilda kelib qo‘shilgan. Shu vaqt mobaynida u klub bilan 6 ta sovrin yutishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘tgan mavsum 30 yoshli futbolchi barcha turnirlar doirasida 50 ta uchrashuvda ishtirok etib, 23 ta gol hamda 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Fikrlar