"Liverpool" APLdagi ketma-ket 4 ta durangdan so‘ng mag‘lubiyatga uchradi
Angliya Premier-ligasining 23-turida Arne Slot boshqaruvidagi "Liverpul" safarda "Bornmut" bilan kuch sinashib, 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Dastlab, to‘qnashuvning 26-daqiqasida Evanilson van Deykning xatosidan so‘ng hisobni ochdi. Oradan 7 daqiqa o‘tib esa Aleks Ximenes jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda mersisaydliklar sardori va Niderlandiyalik himoyachi Virjil van Deyk hisobni qisqartirdi. 80-daqiqaga kelib Dominik Soboslay jarima zarbasidan chiroyli gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qolayotgan edi, lekin 90+5-daqiqada Amin Adli gol kiritgan holda, mezbonlarga g‘alabani taqdim etdi.
Ma’lumot o‘rnida, "Liverpul" ushbu bellashuvdan so‘ng 36 ochko bilan 4-o‘rinda qolmoqda.
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum
AFK Bornmut
- Evanilson 26'
- Álex Jiménez 33'
- Amine Adli 90'
24.01.2026 22:30
Liverpul
- Virgil van Dijk 45'
- Dominik Szoboszlai 80'
Fikrlar