"Liverpul" darvozaboni La Liga klubiga o‘tishi mumkin

  • 06.02.2020 17:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" darvozaboni Adrian faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.

Estadio Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli ispaniyalik posbonga "Betis" klubidan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Aytish kerakki, Adrian asli “Betis” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Adrian joriy mavsum “Liverpul” safida jami 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 18 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozigacha imzolangan, transfer narxi esa 5 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!