"Liverpul" diqqat markazida hamon Alkantara
"Liverpul"ning "Bavariya" xavbeki Tiago Alkantaraga bo‘lgan qiziqishi hamon so‘nmayapti. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikola Skira o‘z tvitter sahifasida ma’lum qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, mersisaydliklar 29 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralarni yangi haftada boshlaydi. Myunxenliklar Tiagoning transferidan taxminan 30-40 mln evro ishlab olishni ko‘zlayotgan bir paytda APL chempioni 15 mln evro taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Bundan avvalroq, Alkantara “Liverpul” bilan 4 yillik shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar