
"Liverpul" g‘alaba qozongan bahsda Salax rekord o‘rnatdi
Muhammad Salax "Liverpul" safida premer-ligada gol urish bo‘yicha Robbi Faulerning rekordini yangiladi.
"Qizillar" 7:0 hisobida "Manchester Yunayted" ustidan g‘alaba qozongan uchrashuvida Salax dubl qayd etib, "Liverpul" safida APLdagi 128-129- ta gollarini urdi. Misrlik futbolchi Robbi Fauler turnirda eng ko‘p gol urish bo‘yicha klub rekordini yangiladi.
Bundan tashqari Salax APLda "Manchester Yunayted" darvozasiga urgan gollari soni bo‘yicha ham Alan Shirerga etib oldi. Ikki futbolchi ham turnirda "qizil iblislar" darvozasini 10 martadan ishg‘ol etgan va bu esa chempionatdagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir.
Fikrlar