
"Liverpul" himoyachisi "Real"ga o‘tishi mumkin
"Liverpul" himoyachisi Endryu Robertson faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Daily Mail" nashri xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, uning transferi Madridliklar uchun 40 million funt sterlingga tushishi mumkin. Ferlan Mendi yozda katta e’timol bilan jamoani tark etadi. Shu sababli, uning o‘rnini to‘ldirish maqsadida "qirollik klubi" chap qanot himoyachi qidirmoqda.
Robertsonning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi. Mish-mishlarga ko‘ra, shotlandiyalik futbolchi "qizzilar"ni tark etmoqchi emas.
Fikrlar