"Liverpool" himoyachisi "Real"ning nishoniga aylandi

  • 07.02.2026 15:27
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" himoyachisi Ibraima Konatening xizmatlariga Madriddning "Real" klubi qiziqish bildirimoqda. 

Jurnalist Matteo Morettoning yozishicha, bir necha oy oldin OAVlarda "qirollik klubi" fransiyalik futbolchi nomzodidan voz kechgani haqida xabarlar chiqqan edi. Ammo endi yana "Real" himoyachiga qiziqish bildirmoqdaligi haqida xabarlar chiqmoqda. Ma'lum bo'lishicha, Madrid klubi vakillari 26 yoshli futbolchining atrofidagilar bilan bog'lanib, uning kelajakdagi rejalari haqida so'rashgan. 

Konatening "qizillar" bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning yoz oyida yakuniga yetadi.

Eslatib o'tamiz, Konate 2021 yildan beri mersisaydliklar safida harakat qilib kelmoqda. Futbolchi joriy mavsum Slot qo'l ostida 31 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2 ta gol kiritishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!