"Liverpul" "Lids" etakchisini xarid qilmoqchi
"Lids" va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Kalvin Fillips klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda "Fichajes" nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, futbolchi xizmatiga "Liverpul" klubi qizqish bildirmoqda. "Qizillar" Kalvin uchun 40 million evro to‘lashga tayyor. Uning "tovuslar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan.
Avvalroq, havbekka "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Ammo Fillips "qizil iblislar" safiga o‘tishni xohlamadi.
Joriy mavsum Fillips 10ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golga assistentlik qilgan.
Fikrlar