“Liverpul” Muhammad Salohning ketishiga tayyorgarlik ko‘ryapti

  • 13 iyul, 2023, 22:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ning keyingi yillardagi eng zo‘r to‘purariga aylangan Muhammad Saloh boshqa jamoaga o‘tib ketishi mumkinligini haqida xabarlar tarqala boshladi.

Tecno

Klub rahbariyati misrlik futbolchi o‘rnini bosa oladigan o‘yinchi topib qo‘ygani aytilmoqda.

La Gazzetta dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, Saloh “qizillar” safini tark etaligan bo‘lsa, uning o‘rnini  “Yuventus”ning hujumkor o‘yinchisi Federiko Keza egallashi mumkin.

Italiyalik futbolchiga Angliyaning eng boy jamoasiga aylangan “Nyukasl” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.  

Turik superklubi esa iste’dodli o‘yinchini olib qolmoqchi. Biroq, Keza klub taklifini qabul qilgani yo‘q va jamoasini almashtirish istagida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!