"Liverpool" Saloҳni qo‘yib yubormoqchi emas
"Liverpool" hujumchi Muhammad Saloҳni yo'qotmoqchi emas.
Jurnalist Ben Jeykobsnig yozishicha, "qizillar" misrlik futbolchidan 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan amaldagi shartnomasini oxirigacha ishlab berishni talab qilmoqda. Biroq, Saudiya Arabistoni jamoalari forvardni ertaroq qo'lga kiritishga intilmoqda. Futbolchining atrofidagilar Saudiya rasmiylari bilan uchrashuv o'tkazishdi va Saloҳning joriy mavsum yakunlangandan keyin ketishi barcha tomonlarni qoniqtirishi mumkin.
Muhammad Saloҳ 2017 yilda "Roma"dan 42 million yevro evaziga "Liverpool"ga o'tgan edi. Joriy mavsumda misrlik futbolchi "qizillar" safida 21 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar