
“Liverpul” to‘purari super klubdan taklif oldi
“Real” bu mavsum o‘zi istagan super hujumchilar – Kilian Mbappe va Erling Xolandni o‘z safiga qo‘shib ololmaydi. PSJ futbolchisi kelasi yili, “Borussiya” to‘purari ikki yildan so‘nggina Madridga kelishi mumkin.
Shuning uchun madridliklar boshqa hujumchi qidira boshladi va “Lierpul” forvardi Sadio Mane nomzodida to‘xtadi. Bu yil “Real” aynan Maneni transfer qilmoqchi.
Sadio Mane joriy mavsumda barcha turnirlarda 38 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol urdi va 12 ta golli pas uzatdi. 28 yoshli futbolchining transferi 120 million evroga baholangan.
Fikrlar