"Liverpul" yana bitta transfer ustida ish boshladi

  • 31.08.2025 14:50
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" "RB Leyptsig"ga ko‘chib o‘tishi mumkin bo‘lgan yarim himoyachisi Xarvi Elliotga o‘rinbosar topib ulgurdi.

Football Insider nashriga ma’lum bo‘lishicha, mersisaydliklar Elliot jamoani tark etgan taqdirda "Aston Villa" xavbeki Morgan Rojersni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Joriy mavsumda 23 yoshli Rojers Angliya Premer-ligasining ikkita o‘yinida ishtirok etdi, biroq hozircha samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

Angliya terma jamoasi a’zosining "Aston Villa" bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Uning bozor narxi nufuzli "Transfermarkt" internet portali ma’lumotlariga ko‘ra, 55 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!