"Liverpool"da Arne Slotning kelajagi muhokama qilinmoqda
"Liverpul" rahbarlari favqulodda yig‘ilish o‘tkazib, jamoa bosh murabbiyi Arne Slotning kelajagi haqida muhokama qilishdi. So‘nggi uchrashuvda "qizillar" "Manchester Siti"ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
"Sky xabar" nashrining qilishicha, mersisaydliklar klubda ishini davom ettirishi uchun niderlandiyalik murabbiy jamoani kelasi mavsumda Chempionlar Ligasiga olib chiqishi shart. Agar bu amalga oshmasa, u lavozimidan ozod etiladi.
Angliya Premyer-ligasining 31-turidan keyin "qizillar" 49 ochko to‘plab, turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda. Hozirgi Chempionlar Ligasi mavsumida esa "Liverpul" chorak finalga chiqdi va navbatdagi bosqichda PSJ bilan yarim final yo‘llanmasi uchun kurashadi.
Fikrlar