“Liverpul”dan “Real”ga faqat bir futbolchi kerak, qolganlariga ish yo‘q!

  • 26 dekabr, 2024, 11:16
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” klubi “Liverpul”ning tajribali markaziy himoyachisi Virjil van Deykka qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Tecno

Bu masalaga nufuzli manba – Marca nashri aniqlik kiritdi. Unga ko‘ra, “Qirollik klubi” 33 yoshli niderlandiyalik futbolchini transfer qilmaydi. Madridliklarga boshqa tipdagi o‘yinchi, ya’ni himoyadagi muammolarni uzoq muddatga yopadigan himoyachi kerak.

Ma’lumotlarga qaraganda, Trent Aleksander-Arnold “Real” qiziqish bildirayotgan “Liverpul”ning yagona futbolchisi hisoblanadi.

Ayni paytda tomonlar o‘rtasida bu transfer bo‘yicha muzokara ketmoqda.

Ta’kidlash joizki, Trent ham Virjil ham mavsum oxirida erkin agentga aylanadi. “Liverpul” har ikki futbolchi bilan hamkorlikni uzaytirishga harakat qilayotgan bo‘lsa-da, hali tomonlar bir qarorga kelgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!