“Liverpul”ga bir jamoadan besh futbolchini olib kelishmoqchi

  • 6 may, 2024, 10:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsum yakunlanganidan keyin “Liverpul”da bosh murabbiy Yurgen Klopp o‘rnini Arne Slot egallashi kutilmoqda.

Tecno

Har qanday yangi murabbiy tarkibni o‘ziga moslaydi. Futbol ekspertlari Arne Slot hozirgi jamoasi “Feyenoord”dan “Liverpul”ga o‘zi ishongan besh nafar futbolchini taklif qilishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Niderlandiya chempionatidan APLga ko‘chib o‘tishi mumkin bo‘lgan futbolchilari bilan tanishib olamiz.

Mats Viffer – tayanch yarim himoyachisi Slot qo‘llayotgan o‘yin uslubida etakchi rollarni o‘ynaydi.

Santyago Ximenes – to‘purar hujumchi “Liverpul”da etarli darajada gol ura olmayotgan Darvin Nunesning o‘rnini egallashi mumkin.

Lutsxarel Gertryuyda – o‘smirligidan “Feyenoord” asosiy tarkibida o‘ynayotgan 23 yoshli himoyachi maydonga tushgan uchrashuvlar soni 200 ga borib qoldi.

Kvinten Timber – bu futbolchi bir necha pozitsiyada muvaffaqiyatli o‘ynay oladi va Arne Slotning eng ishongan shogirdlaridan biridir.

Yustin Beylo – Bu darvozabon jahon darajasidagi Allisonga o‘rinbosar sifatida olib kelinishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!