“Liverpul”ga yana transferlar kerak
“Liverpul”ning afsonaviy hujumchisi Robbi Fowlerning fikricha, klub yozgi transfer oynasi yopilguncha yana bir nechta futbolchi sotib olishi lozim.
“Qizillar”ning mavsumoldi dasturidagi ilk oʻrtoqlik uchrashuvini AQShda “Sanderlend”ga qarshi oʻtkazib, raqib ustidan 4:2 hisobida gʻalaba qozondi. Ammo bu bahsda Jo Gomes jarohat oldi.
Fowlerning taʼkidlashicha, ayniqsa markaziy himoya chizigʻida jamoaga kuchayish zarur.
- Bizga yana futbolchilar kerak. Bu juda aniq. Jo Gomes uchun juda achinyapman. Uning jarohatlar borasida omadi yurishmayapti. Bu uning asosiy tarkibdagi oʻrnini mustahkamlab olishi va bizga yana bir markaziy himoyachi shart emasligini isbotlashi uchun yaxshi imkoniyat boʻlishi mumkin edi.
Biz Jake va Leoni uchun mablagʻ sarfladik. Jo hamda Virjil van Deyk kabi tajribali futbolchilar yoshlar uchun katta yordam berishi mumkin edi.
Biz hali bu yosh futbolchilarning eng yaxshi oʻyinini koʻrmadik. Ammo tarkibda tajriba boʻlishi shart. Murabbiy ham izchil ravishda bizga yangi futbolchilar kerakligini aytmoqda. Shuning uchun yana bir markaziy himoyachi kelsa, hayron qolmayman, — dedi Fowler BBC jurnalistlariga bergan intervyusida.

Fikrlar