"Liverpul"ning ishlari yaxshi emas!

  • 26 fevral, 2023, 11:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" qatorasiga ikkinchi o‘yinda g‘alaba qozona olmadi.

Yurgen Klopp jamoasi Angliya Premer-ligasi 25-turidan o‘rin olgan "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinda nursiz durang qayd etdi. Mersisaydliklar 21 yanvardan buyon 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va bor yo‘g‘i ikkita ("Everton" 2:0, "Nyukasl" 0:2) bahsda g‘alaba qozondi. Shuningdek, "qizillar" 3 marta mag‘lub bo‘ldi hamda ikkita o‘yinda kuchlar teng keldi. 

"Liverpul" navbatdagi turlarda "Vulverxempton" va "Manchester Yunayted"ga qarshi maydonga tushadi. Mersisayd klubi ayni damda 36 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!