"Lokomotiv" bosh murabbiyi: "Shiddatli va asabiy o‘yin bo‘ldi"

  • 02.05.2022 11:06
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Lokomotiv” o‘z maydonida “Surxon”ni 2:0 xisobida taslim etdi. Uchrashuvdan so‘ng, mezbonlar bosh murabbiyi Denis Korostichenko o‘yin borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Ha, juda shiddatli va asabiy bo‘ldi. “Surxon” to‘pni uzoqdan oshirgan holda o‘yin ko‘rsatdi. Shunga yarasha ular kurash olib borishdi. Ammo biz bunga tayyorgarlik ko‘rgandik.

Aytmoqchimanki, raqibga qarshi tura oldik xolos. Lekin tomoshabop o‘yin ko‘rsatishni uddalay olmadik. Nima bo‘lganda ham xotirjamlikni saqlab qoldik va o‘z imkoniyatlarimizni kutdik. Yakunda katta hisobda g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!