
"Lokomotiv" darvozaboni rossiyalik "Axmadboy"ga pullarini boy berdi
Moskvaning "Lokomotiv" klbi darvozaboni Gilerme moliyaviy piramidaga pul tikib kuyib qoldi.
Rossiyalik jurnalist Ivan Karpovning yozishicha, asli braziliyalik bo‘lgan Rossiya terma jamoasi posboni GL Financial Group ("Ankor invest") xoldingiga investitsiya kiritib, daromad olishni ko‘zlagan. Hozircha, u ko‘rgan moliyaviy zarar miqdori ochiqlanmayapti.
Ma’lumot uchun, Gilermening “Lokomotiv”dagi yillik maoshi 2,5 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar