
"Lokomotiv" o‘rtoqlik o‘yinida "Metallurg"ni mag‘lub etdi
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan jamoalar o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushmoqda.
Bugun "Lokomotiv" "Metallurg" bilan bahs olib bordi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga "temiryo‘lchilar" tarkibida Jaloliddin Jumaboev va Sanjar Qodirqulov, bekobodliklar safida Marko Obradovich mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, "Loko" Pro liga dastlabki turini "Andijon-SGS"ga qarshi, "Metallurg" Superliga ilk turini "Neftchi"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar