"Lokomotiv" Qo‘qonda mag‘lub bo‘ldi

  • 23.10.2021 17:21
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston Superligasi 23-turi doirasidagi "Qo‘qon-1912" - "Lokomotiv" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.

Dastlab, Yakuba Bamba 39-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi taymda Diyor Turopov muvozanatni tikladi. 75-daqiqada darvozani ishg‘ol etgan Sardorbek Azimov jamoasiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.

Shu tariqa, qo‘qonliklar ochkolari sonini 32 taga etkazib oldi. "Temiryo‘lchilar" 33 ochko jamg‘argan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!