"Lokomotiv" safida Superligada debyut qilgan futbolchi kimligini bilasizmi?
“Lokomotiv” futbol klubi so‘nggi yillarda yosh futbolchilarga o‘zlarini ko‘rsatishi uchun katta yo‘l osib bermoqda. Klub matbuot xizmati Superligada debyutini o‘tkazgan o‘yinchi haqida ma’lumot berdi.
“Yosh hujumchimiz Ali Abdurahmonov o‘tgan mavsum U-18 va U-21 jamoamiz safida sermahsullik qayd etib, umumiy hisobda 19 ta gshol bilan mavsumni yakunlagandi.
Uning chempionatdagi o‘yinlari nafaqat asosiy jamoamiz murabbiylar shtabi, balki muxlislar orasida ham olqishlarga sazovar bo‘ldi.

Coca Cola Superligasi 2-turi doirasida AGMKga qarshi o‘yinda Ali Abdurahmonov 78-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va professional futboldagi debyutini amalga oshirdi.
2003 yilda tug‘ilgan hujumchi “Lokomotiv” asosiy jamoasi tarkibida ham ko‘plab gollar urishini tilab qolamiz, - deyiladi klub matbuot xizmatining xabarida.

Fikrlar