"Lokomotiv" Turkiyada yig‘in o‘tkazadi, rejada 6 ta o‘rtoqlik uchrashuvi bor
"Lokomotiv" yangi mavsumga tayyorgarlikning asosiy qismini Turkiyada olib boradi. "Temiryo‘lchilar" Antaliya shahrida 20 yanvardan yig‘inga kirishib, 10 fevralga qadar mashg‘ulot va o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi.
Turkiya yig‘ini doirasida jamoa 6 ta sinov-nazorat bahsida maydonga tushadi.
22.01.2023
"Lokomotiv" - "Krasnodar-2" (Rossiya);
25.01.2023
"Lokomotiv" - "Struga Trim-Lum" (Shimoliy Makedoniya);
27.01.2023
"Lokomotiv" - KF "Dukadjini" (Kosovo);
29.01.2023
"Lokomotiv" - "Chernomorets" (Ukraina);
02.02.2023
"Lokomotiv" - "Ufa" (Rossiya);
09.02.2023
"Lokomotiv" - "Samtredia" (Gruziya);
Quyida "Lokomotiv"ning Antaliyaga yo‘l olgan tarkibini keltirib o‘tamiz.
Futbolchilar
Darvozabonlar: Abdumavlon Abdujalilov, Rustam Nortojiev;
Himoyachilar: Jaloliddin Jumaboev, Islom Qobilov, Dilshod Komilov, Maqsudxo‘ja A’loxo‘jaev, Abdulloh Yo‘ldoshev, Mahdiy Abduraimov, Samuel Opeh (Nigeriya), Manuchehr Safarov (Tojikiston);
Yarim himoyachilar: Sanjar Qodirqulov, Ma’ruf Jumaev, Lazizbek Mirzaev, Nurmuhammad Toshpo‘latov, Sherzodjon Komilov, Javohir Abdualimov, Ivan Solovyov (Rossiya), Boyan Naydenov (Shimoliy Makedoniya);
Hujumchilar: Marat Bikmaev, Anvarjon Alijonov, Ali Abdurahmonov, Rustam Soirov (Tojikiston), Shime Jujul (Xorvatiya);
Murabbiylar shtabi
Denis Korostichenko - bosh murabbiy;
Mirko Elichich - jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy;
Andrey Miklyaev - murabbiy;
Alisher Ahmedov - darvozabonlar murabbiyi;
Abror Pirriev - shifokor;
Aleksandr Voloshin - massajchi;
Gurgen Israelyan - massajchi;
Akram Shomurodov - massajchi;
Ulug‘bek Usmonxo‘jaev - ma’mur;
Ravshan Akbarov - operator;
Mirjalol Normatov - matbuot kotibi.
"Lokomotiv" klubi matbuot xizmati
Fikrlar