"Lokomotiv" va’dani bajaryapti
Bir necha kun oldin O‘zbekiston U21 birinchiligi doirasida "Lokomotiv" - "Bunyodkor" uchrashuvini translyatsiya qildik. O‘yin zo‘r o‘tdi, bunga hech kimda e’tiroz yo‘q.
Yana bir jihat bor-ki, jurnalist bo‘lib buni aytib ketmasak, adolatdan bo‘lmasdi. O‘rinbosarlar bahsini jamoa bosh murabbiyi, uning yordamchilari va klub bosh direktori birgalikda kuzatib bordi. Hatto, bellashuv tugagach "temiryo‘lchilar" shtabida ishlayotgan Server Jeparov U21 bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev bilan fikr almashdi. Xullas, "Loko" mavsum avvalida baza qurib, yoshlarga ko‘proq e’tibor qaratishi tufayli katta transferlarga qo‘l urmagandi. Mana, bugun o‘sha fevraldagi gap quruq va’da emasligi ozgina bo‘lsa-da o‘z isbotini topmoqda (Nuraliev shogirdlari jadvalda "Olimpik" va "Bunyodkor"dan keyin uchinchi).
Balki bu holat juda vahima qilarli emasdir, ammo Superliga chempionligi uchun kurashayotgan klublar o‘rinbosarlari o‘rtasidagi bellashuvlarni ham bevosita kuzatgan inson sifatida ayta olaman: "Lokomotiv" qimmatbaho legionerlarga byudjet millionlarini sarflamayapti. Eng kamida bu mavsum!
Javohir Azimov
Fikrlar