
"Lokomotiv"ga Ispaniyadan murabbiy keladi. Ayni paytda muzokaralar davom etmoqda
"Lokomotiv" bolalar va o‘smirlar futbol maktabini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida klub rahbariyati yangilikka qo‘l urdi.
Shu kunlarda futbol maktabiga Ispaniyadan bolalar futboli bo‘yicha mutaxassisni taklif etish ustida ish olib borilmoqda.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, ispaniyalik murabbiy futbol maktabida o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini yo‘lga qo‘yish, murabbiylar bilan seminarlar tashkil, futbol bilan shug‘ullanayotgan bolalar ongiga Evropacha ta’limni singdirish kabi ishlar bilan shug‘ullanadi.
Qisqa qilib aytganda, xorijlik mutaxassis "Lokomotiv" bolalar va o‘smirlar futbol maktabida texnik direktor vazifasini bajaradi.
Muzokaralar yakuniga etgach va shartnoma shartlari hal qilib bo‘linganidan so‘ng "Lokomotiv" PFK matbuot xizmati tomonidan mutaxassis haqida to‘liq ma’lumot beriladi.
Fikrlar