"Lokomotiv"ni mavsumning oxirgi o‘yinida kim boshqarishi ma’lum!

  • 27 noyabr, 2021, 12:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun bo‘lib o‘tadigan Superliga 26-tur uchrashuvidan so‘ng "Lokomotiv" uchun navbatdagi mavsum o‘z yakuniga etadi. "Temiryo‘lchilar" bugun Qarshida "Nasaf"ga qarshi bahs olib boradi.

Tecno

Xabaringiz bor, portugaliyalik murabbiy Mikael Sekeyra klub bilan o‘zaro kelishgan holda "Lokomotiv"ni tark etdi. Shundan so‘ng ko‘pchilik muxlislarda "Lokomotiv"ni oxirgi o‘yinda kim boshqaradi?" kabi savollar yuzaga kela boshladi. Klub rahbariyati mavsumning so‘nggi rasmiy o‘yinida jamoani Mikael Sekerayga yaqindan yordam berib kelgan Denis Korostichenko boshqarishini futbolchilarga ma’lum qildi.

Shunday ekan, bugungi bahs Denis Korostichenko uchun "Lokomotiv" bosh murabbiyi sifatida Superligadagi ilk o‘yin bo‘ladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!